Sifat menejmenti bo'limi

Usmanova Masuda Muradovna – Bo‘lim boshlig‘i.

 Bo‘lim tarkibi: 5 nafar xodim

bo'lim boshlig‘i - 1

bosh mutaxassis - 1

yetakchi mutaxassislar - 2

I toifali mutaxassislar - 1

 

Bo‘lim haqida: Sifat menejmenti bo'limi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘limning asosiy vazifasi va funksiyalari sifat menejmenti tizimini (SMT) xalqaro ISO 9001 standarti talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqish, joriy etish va monitoring qilishdan iborat bo'lib, barcha jarayonlarda sifat standartlariga qat’iy rioya etilishini nazorat qiladi.

Asosiy vazifalar va funksiyalar:

  • ISO 9001 standarti talablarini bajarish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish, SMTni qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish.
  • O‘z DSt ISO 9001:2015, O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019, O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015 va O‘z DSt 3444:2020 standartlari, shuningdek, Global Benchmarking Tool (GBT) kabi xalqaro vositalarning asosida Markazning ish faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etadi va  samaradorligini monitoring qilish.
  • Ichki auditlarni rejalashtirish, o‘tkazish va natijalarini baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning samaradorligini kuzatish.
  • Ichki protseduralar, SOP (standart operatsion protseduralar) va boshqa zarur hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va hujjatlarning yaxlitligini ta’minlash.
  • SMT samaradorligi haqida rahbariyatga hisobotlar taqdim etish, tashkilot faoliyati natijadorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish.
  • Bo'lim faoliyatiga oid ma’lumotlar bazasini sifatli yuritish va axborot xavfsizligini ta’minlash.

Aloqalar:

Telefon: (99871) 203-01-01 (ichki raqam: 2070; 2071)

Elektron pochta: farmkomitet@ssv.uz

20.11.2024