Farmakologik nazorat bo‘limi

Farmakologik nazorat bo‘limi

Farmakologik nazorat boʻlimida shtat jadvaliga koʻra – 5 oʻrin, 5 ta xodim ish yuritadi: Hayitova S. (boʻlim boshligʻi), Komilov Q. (bosh mutaxassis), Ismoilova A. (yetakchi mutahassis), Turobov J. (yetakchi mutahassis), Xamrayeva N. (1- toifali mutahassis).

Farmakologik nazoratning maqsadi – dori vositalarining xavfsizligini, samaradorligini va sifatini taʼminlash orqali jamoat sogʻligʻini himoya qilishdir. Farmakologik nazorat tizimi dori vositalari bilan bogʻliq nojoʼya taʼsirlarni erta aniqlash va xavflarni minimallashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

Farmakologik nazorat bo‘limining vazifalari

         Farmakologik nazorat bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) Farmakologik nazorat bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi;

2) dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish, guvohnomani amal qilish muddatini uzaytirish bosqichida Farmakologik nazorat tizimi xujjatlarini ekspertizadan o‘tkazilishini taʼminlash;

3) dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi davriy yangilanib boriladigan hisobotlarning O‘zbekiston Respublikasining belgilangan qonun xujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgandan keyingi davrda ekspertizadan o‘tkazilishini taʼminlash;

4) Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qo‘llovchi tashkilotlardan, pharmakonadzor@ssv.uz, pharmcompv@gmail.com e-pochtalaridan va Telegram messengeridagi @uzpharmcontrolbot boti orqali kelib tushgan dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha kelib tushgan xabarnomlarni Farmakologik nazorat bo‘limi dori vositalarni nojo‘ya taʼsirlari bo‘yicha maʼlumotlar bazasiga kiritish;

5) Dori vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya taʼsirlar to‘g‘risidagi barcha hisobotlarni to‘plash, ularni keyingi maʼlumotlarga asoslanib baholash, nojo‘ya taʼsirlar to‘g‘risidagi to‘plangan hisobotlar sifatini to‘g‘ri baholash, klinik baholash uchun aniqligin, to‘g‘riligini, maʼlumotlarining to‘liqligini tekshirish;

6) Farmakonazorat bo‘limi faoliyatiga tegishli maʼlumotlar bazasini yaratish;

7) Farmakologiya qo‘mitasi Prezidiumi va Ekspert kengashi yig‘ilishlarida faol ishtirok etish.

 

Biz bilan bog‘lanish:

71-203-01-01(2350/2351)

07.11.2024