Muassasa haqida

 

Temirov Alisher Smatillayevich -  "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktori.

Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida sogʼliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi 197-son qarori asosida tashkil qilingan.
Qarorga muvofiq, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" Davlat muassasasi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
✅ Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ruyxatidan oʼtkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash yuli bilan davlat tomonidan boshqarishni, postmarketing nazoratini amalga oshirishni taʼminlaydi;
✅ Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
✅ Davlat farmakopeyasini ishlab chiqadi;
✅ Tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtiruvchi markaziy organ sifatida respublikadagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
✅ Tibbiyot amaliyotida qoʼllanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini ishlab chiqadi;
✅ Farmakologik nazoratni amalga oshiradi;
✅ Tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifat nazorati borasida metrologiya tekshiruvlarini tashkillashtiradi;
✅ Tibbiyot amaliyotida qoʼllashga ruxsat etilgan dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrini yuritadi;
✅ Huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatlari buyicha farmatsevtika mahsulotlarini ekspertizadan oʼtkazishni taʼminlaydi;
✅ Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar mavjud boʼlgan taqdirda, ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizatsiya qilinishini belgilangan tartibda toʼxtatib turish chorasini koʼradi.

22.04.2024