Farmakonazorat

Farmakonazorat (pharmacovigilance) — dori vositalari va tibbiy buyumlar qo‘llanilganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar va noxush hodisalarni aniqlash, baholash, tushunish hamda ularning oldini olishga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyatdir.

Farmakonazorat tizimi aholi va bemorlar salomatligini himoya qilish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning foyda–xavf nisbatini uzluksiz baholab borish hamda xavfsiz qo‘llanilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Farmakonazoratning asosiy maqsadlari:

  • ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni qo‘llash natijasida shuningdek kasbiy faoliyat bilan bog‘liq ta’sirlar oqibatida yuzaga keladigan nojo‘ya reaksiyalar va noxush hodisalarning oldini olish;
  • xavflarni erta bosqichda aniqlash va ularni baholash orqali bemor xavfsizligini ta’minlash;
  • dori vositalari va tibbiy buyumlarning xavfsiz va samarali qo‘llanilishini ta’minlash;
  • sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari, bemorlar va aholiga dori vositalari hamda tibbiy buyumlar xavfsizligi to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborot yetkazish.

Aloqa uchun:

Farmakonazoratga oid savollar yuzasidan quyidagi telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin:  +998 (71) 203-01-01 (ichki 2357)

Farmakonazorat, nojo‘ya reaksiyalar va xabar berish tartibi bo‘yicha tez-tez beriladigan savollarga javoblar bilan tanishish uchun:

 [Ko‘p beriladigan savollar (FAQ)]


Preparatni qo'llashda aniqlangan salbiy reaktsiya haqida xabar berish uchun karta shakli.


26.03.2026