Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish boʻlimi

Alimuxamedov Baxtiyar – Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish bo‘limi 5 xodimdan iborat bo‘lib quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi “Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-203-sonli qaroriga muvofiq:

2024 yil 1-sentabrdan boshlab majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan maxsulotlarning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga:
“Asl belgisi”- maxsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanishi, markirovkani o‘qish qurilmalaridan to‘liq foydalanishi yuzasidan eslatma berib borilishini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 149-sonli qaroriga muvofiq:

Majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2022 — 2025 yillar davomida, dori vositalari va tibbiy buyumlarni guruhlarga bo‘lgan holda, identifikatsiya vositalari orqali mutasaddi idoralar bilan birgalikda bosqichma-bosqich joriy qilish.

Shuningdek:

Tegishli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish.

Bo‘limga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini o‘z vaqtida taʼminlash hamda ularning ijrosi bo‘yicha tizimli nazorat olib borish.

Bo‘limning bugunga qadar erishgan natijalari:

Respublika bo‘yicha dori vositalari ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar raqamli markirovkalash tizimiga ulangan, dori vositalari markirovkalangan holda ishlab chiqarilmoqda.

Ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining 90 foyizi “Asl belgisi”- maxsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanib, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 149-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirmoqda.

Tibbiy buyum ishlab chiqaruvchi 6 nafar korxona ixtiyoriy ravishda “Asl belgisi”- mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanib, hozirda tajriba loyihasida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tibbiy buyumlarni (TIF TN kodi 3005, 3006) raqamli markirovkalash 2025-yilning
1-fevral sanasidan majburiy etib belgilangan.

 

Bo‘lim bilan bog‘lanish uchun:
Telefon raqami: 71 203 01 01 (ichki raqam 2480, 2481, 2482)

  

06.11.2024