Referent narxlarni shakllantirish bo'limi

Referent narxlarni shakllantirish bo'limi

 

Bo'lim boshliq: Izzatillayev Kamoliddin Ikrom o‘g‘li

Bo’limning asosiy vazifalari:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4554-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 24 martdagi “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 115-sonli (ro’yhat raqami 3242) buyrug‘iga muvofiq, dori vositalari davlat reestriga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida foydalanish uchun ruxsat etilgan barcha dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlarni qayd etadi va qayta qayd etadi.

Dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsetratsiyasi, hajmi va qadoqlanishinin hisobga olgan holda dori vositalarining har bir savdo nomi uchun qayd etilgan cheklangan narxlar va ularga cheklangan savdo ustamalarini qo‘llash yo‘li bilan hisoblangan ulgurji va chakana narxlarning elektron (onlayn) reest – cheklangan narxlar reestrini yuritadi va rasmiy veb-saytda yoritib borish.

Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tizimi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan ishlar olib borish.

Tegishli davlat boshqaruvi organlari va ho‘jalik birlashmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish.

Boʼlim faoliyatining turli xil yoʼnalishlari boʼyicha istiqboldagi ish rejalar, dasturlar, chora-tadbirlar, yoʼriqnomalar va takliflarni ishlab chiqish.

Boʼlimga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini oʼz vaqtida taʼminlash, hamda ularning ijrosi boʼyicha tizimli nazorat olib borish.

Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga referent narx shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirish va maslahat ishlarini olib borish.

Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalariga cheklangan narxlarni qayd etish qanday amalga oshiriladi? Ushbu qoʼllanmada mazkur tartib haqida batafsil maʼlumotga ega boʼlasiz.

Biz bilan bog’lanish uchun:

Telefon: 71 203 01 01 (ichki raqam 2450-2451)

03.10.2024