Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi
TMSO tarkibi – 34 ta xodim
«Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasining («FMXM» DM) Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi 1996 yilda akkreditatsiyadan oʼtkazilgan, 13.02.1999y., 13.02.2002y., 14.02.2005y., 18.02.2008y., 24.05.2016 va 13.12.2021g yillarda qayta akkreditatsiyadan oʼtgan. Muvofiqlikni baxolash organlari Davlat reestrida O'ZAK.MS.0051 raqam bilan 12.12.2026 y. amal qilish muddati bilan roʼyxatga olingan.
Аxolini yuqori sifatli va havfsiz tibbiy mahsulotlar bilan taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Oʼzbekiston Respublikasining «Mahsulotla va hizmatlarni sertifikatlashtirish toʼgʼrisida», «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida», «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʼgʼrisida»gi qonunlari va Vazirlar Mahkamasining 05.12.02 yildagi «Oʼzbekiston Respublikasiga isteʼmol tovarlari olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʼgʼrisida»gi 427-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2003 yilda «FMXM» DMning Аndijon viloyatida (№O'ZAK.SL.0140, O'ZAK.MS.0060), Xorazm viloyatida (№UZ.AMT.07.MAI.560, UZ.AMT.06.MAI.374 vaqtincha toʼxtatilgan), Qashqadaryo viloyatida (№OZAK.SL.0294, O'ZAK.MS.0014) va Samarqand viloyatida (№O'ZAK.SL.0157, O'ZAK.MS.0081) shoʼʼba korxonalari tashkil etilgan.
Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organining akkreditatsiya sohasi oʼz ichiga dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni oladi. Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi oʼz akkreditatsiya sohasi boʼyicha sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish imkonini beruvchi zarur vositalar va xujjatlashtirilgan protseduralar, shuningdek zarur malakaga ega, sertifikatlashtirilgan, yetarli darajada kompetenlik va oʼz sohasida amaliy koʼnikmalarga ega personal bilan taʼminlangan. Barcha buyurtmachilar Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organining hizmatlari yuzasidan maʼlumotlarni toʼsiqlarsiz olish imkoniga egalar.
Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish organining asosiy maqsadlari quyidagilardir:
• mamlakat korxonalari, qoʼshma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari, shuningdek, Oʼzbekiston Republikasi yagona tovar bozorida faoliyat olib borishlari uchun sharoit yaratish;
• isteʼmolchilarni odamlarning hayoti, sogʼligʼi va atrof muhit uchun xavfli boʼlgan sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish;
• Tibbiy mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishiga yordam berish;
• Betaraflik (holislik)ni kafolatlash;
• Sertifikatlashtirish jarayonlari boʼyicha qarorlar uchun masʼullik;
• Hizmatlar va maʼlumotlarning ochiqligi
Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organining asosiy vazifalari quyidagilardir:
• Oʼz akkreditatsiya sohasida tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish;
• sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspektsiya nazoratini amalga oshirish (1-sxema)
Bizning rekvizitlar:
Tel., Faks: (99871) 2030101 (ichki:2200)
e-mail: dvesdm2005@mail.ru, farmkomitet@ssv.uz
06.02.2024
Boʻlim va boʻlinmlar
- Axborot texnologiyalari bo‘limi
- Buxgalteriya bo'limi
- Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi
- Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimi
- Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi
- Farmako-toksikologik tadqiqot laboratoriyasi
- Farmakologik nazorat bo‘limi
- Farmakopeya qoʻmitasi
- Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi
- Farmokologiya qo'mitasi
- Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi
- Komplayens va moliyaviy nazorat shoʻbasi
- Matba bo'limi
- Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish boʻlimi
- Maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻlimi
- Moliya va iqtisodiyot bo‘limi
- Narkotik moddalarni nazorat qilish qoʻmitasi
- Postmarketing nazorat boshqarmasi
- Referent narxlarni shakllantirish bo'limi
- Ro'yxatga olish bo'limi
- Sifat menejmenti bo'limi
- Sinov markazi
- Sоg'liqni saqlash vazirligining mеtrologiya xizmati
- Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi
- Vaksinalar, sarum preparatlari va mikrobiologik tadqiqotlar laboratoriyasi
- Xalqaro Aloqalar Bo’limi
- Yangi tibbiy texnika qo'mitasi
- Yuridik bo‘lim