Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi
Qo‘mita raisi-Azizov Ismatjan Kozimovich
Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi 27 ta xodimdan iborat:
qo‘mita raisi-1
qo‘mita raisi o‘rinbosari-1
bosh mutaxassislar-4
yetakchi mutaxassislar-17
1- toifali mutaxassislar-2
2- toifali mutaxassislar-2
Qo‘mita haqida: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” Davlat muassasasi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961 yildagi “Giyohvandlik vositalari to‘g‘risida”gi Yagona Konvensiyasining 18-moddasi, 1971 yildagi “Psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Konvensiyasining 16-moddasi va 1988 yildagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Konvensiyasining 12-moddasi asosida o‘z faoliyatini yuritadigan milliy vakolatli organ. O‘z vakolati doirasida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonuniy muomalasi nazoratini ta’minlaydi.
Qo‘mitaning asosiy vazifa va funksiyalari:
- Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonuniy muomalasi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bo‘yicha Xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
- Xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonuniy muomalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
- Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq litsenziyaga ega litsenziatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish uchun berilgan arizalarini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda sertifikatlarni beradi.
- Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish uchun yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi.
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961, 1971, 1988 yillardagi Konvensiyalari tavsiyalariga muvofiq, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning ro‘yxatlarini ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi.
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklarni nazorat qilish Xalqaro qo‘mitasi tavsiyalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatlariga zarur qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni kiritish O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustida nazorat qilish Davlat komissiyasiga taqdim etadi.
- Vazirliklar, tashkilotlar va muassasalarning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo`lgan yillik ehtiyojlarini asoslanganligini nazorat qiladi.
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961 yildagi “Giyohvandlik vositalari to‘g‘risida”gi Yagona Konvensiyasi, 1971 yildagi “Psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Konvensiyasi talablariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot va ilmiy maqsadlarida foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga bo‘lgan ehtiyojlarini umumlashtirish, kvotalar ajratilishi va tasdiqlanishi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklarni nazorat qilish Xalqaro qo‘mitasiga yuboradi.
- Qo‘mita Birlashgan Millatlar Tashkilotining vakolatli organi sifatida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bo‘yicha chorak va yillik statistik hisobot blanklari uchun ma’lumotlarni tayyorlash, hisobotlar asosida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklarni nazorat qilish Xalqaro qo‘mitasiga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kimyoviy moddalarning qonuniy va noqonuniy muomalasi haqidagi “A, A/Р, В, В/Р, P, С, D” statistik hisobot formalarini muntazam ravishda belgilangan muddatda yuborish:
“А” forma - giyohvandlik vositalarining import va eksporti bo‘yicha choraklik statistik ma’lumotlar;
“А/P” forma - 1971 yildagi “Psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Konventsiyaning II Ro‘yxatiga kiritilgan moddalarning importi va eksporti bo‘yicha choraklik statistik ma’lumotlar;
“B” forma - tibbiy va ilmiy maqsadlarda qo‘llaniladigan giyohvandlik vositalariga bo‘lgan ehtiyoj ma’lumotlar;
“B/Р” forma - tibbiy va ilmiy maqsadlarda qo‘llaniladigan psixotrop moddalariga bo‘lgan yillik ehtiyoj bo‘yicha ma’lumotlar;
“P” forma - 1971 yildagi “Psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga kiritilgan moddalar to‘g‘risida yillik statistik hisobot;
“С” forma - giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, ishlatish va zahirada qolganligi hamda ularni man qilish to‘g‘risida yillik statistik ma’lumotlar;
“D” forma - giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni noqonuniy tayyorlashda ko‘p ishlatiladigan moddalar to‘g‘risidagi yillik ma’lumotlarni yuboradi.
- “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishni ijrosini ta’minlash maqsadida muomalada bo‘lishi cheklangan prekursorlarni sotib oluvchilarning va ulardan yakuniy foydalanuvchilarning reyestrini yuritish uchun tizimni joriy etish va kompyuter dasturi (ma’lumotlar bazasi) bilan ishlash. Shuningdek, prekursorlarni sotib oluvchilarning faoliyatini nazorat mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
- Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning nazorati doirasida chet el tajribasini o‘rganish, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq xalqaro tashkilotlari va boshqa davlatlarning milliy vakolatli organlari bilan hamkorlikni va axborot almashinuvini amalga oshiradi.
- Xalqaro nazoratda turuvchi, O‘zbekiston Respublikasida davlat nazoratiga olingan respublika hududida qayd etilgan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nashr etilishiga tayyorlaydi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan alohida dori vositalari ro‘yxatlariga zarur qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni kiritish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustida nazorat qilish Davlat komissiyasiga taqdim etadi.
- Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning muomalasi hamda nazorati bilan bog‘liq yangi qonunosti va me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
- Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘yicha yangi uslubiy yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
- Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning muomalasi bilan bog‘liq faoliyati bo‘yicha o‘quv seminarlar va malaka oshirish kurslarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi.
Qo’mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq litsenziyaga ega litsenziatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish uchun berilgan arizalarini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda sertifikatlarni berish;
-giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida foydalanish litsenziyasiz amalga oshiriladigan tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish uchun berilgan arizalarini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda sertifikatlarni berish;
-litsenziatlar tomonidan taqdim etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘rnatilgan tartibda yig‘ish, tahlil qilish va ma’lumotlar bazasiga kiritish;
-O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga oid Konvensiyalar va Xalqaro kelishuvlarni qo‘llanilishi to‘g‘risidagi yillik hisobot loyihalariga ma’lumotlar tayyorlash (Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961 yildagi “Giyohvandlik vositalari to‘g‘risida”gi Yagona Konvensiyasi, 1971 yildagi “Psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Konvensiyasi hamda 1988 yildagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiyasi);
-narkomaniyani keltirib chiqaruvchi va patologik o‘rganish xavfini tug`diruvchi dori vositalarni o‘z vaqtida nazoratga olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida qayd etilishi uchun taqdim etilgan me’yoriy hujjatlarni ko‘rib chiqish;
-giyohvandlik vositalarni o‘rnini bosuvchi patologik o‘rganish xavfini tug‘dirmaydigan yangi og‘riq qoldiruvchi vositalarini Farmakologiya qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra baholash;
-qo‘mita tomonidan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun taqdim etiladigan hujjatlar to‘plami (fayl) bo‘yicha tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud bo‘lgan dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazish;
-tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud bo‘lgan dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazishda davlat nazoratidagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatida ushbu moddalarning mavjudligini, ularni tibbiyotda qo‘llashga ruxsatnomalarni, shuningdek, ularni vrach retsepti bo‘yicha berish zarurligini ko‘rib chiqish hamda Farmakologiya va Farmakopeya qo‘mitalariga takliflar kiritish;
-O‘zbekiston Respublikasida nazoratda turuvchi moddalar ro‘yxatlariga kiruvchi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning mavjudligi to‘g‘risida xulosa berish;
-giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonuniy muomalasi bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish;
-huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar bilan hamkorlikda litsenziyaga ega yuridik shaxslarning litsenziya talab va shartlarini bajarilishi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishlarda ishtirok etish;
-O‘zbekiston Respublikasida davlat nazoratiga olingan respublika hududida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonuniy muomalasi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarga konsultativ yordam ko‘rsatish;
-kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan alohida dori vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari, bojxona, advokatlik byurolari, turli tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar murojaatnomalari asosida xulosalar berish.
Aloqalar:
Telefon: (99871)203-01-01 (ichki raqam 2182; 2183; 2184; 2185)
Elektron pochta: nnqkomitet@exat.uz
18.11.2024
Boʻlim va boʻlinmlar
- Axborot texnologiyalari bo‘limi
- Buxgalteriya bo'limi
- Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi
- Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimi
- Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi
- Farmako-toksikologik tadqiqot laboratoriyasi
- Farmakologik nazorat bo‘limi
- Farmakopeya qoʻmitasi
- Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi
- Farmokologiya qo'mitasi
- Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi
- Komplayens va moliyaviy nazorat shoʻbasi
- Matba bo'limi
- Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish boʻlimi
- Maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻlimi
- Moliya va iqtisodiyot bo‘limi
- Postmarketing nazorat boshqarmasi
- Referent narxlarni shakllantirish bo'limi
- Ro'yxatga olish bo'limi
- Sifat menejmenti bo'limi
- Sinov markazi
- Sоg'liqni saqlash vazirligining mеtrologiya xizmati
- Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi
- Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi
- Vaksinalar, sarum preparatlari va mikrobiologik tadqiqotlar laboratoriyasi
- Xalqaro Aloqalar Bo’limi
- Yangi tibbiy texnika qo'mitasi
- Yuridik bo‘lim