Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi
B.Toshniyazov -bo‘lim boshlig‘i
Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi tarkibi: 7 nafar xodim, bo‘lim boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bosh inspektor, yetakchi inspektor-2, 1-toifali inspektor, 2 toifali inspektor.
Asosiy vazifalari
. Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini, standartlarni hisobga olgan holda Markaz kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish;
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan hamkorlikda bilimli, axloqan pok, vijdonli va yuksak ma’naviy fazilatlarga ega, malakali kadrlarni tanlash va lavozimlarga tayinlashni ta’minlash;
kadrlar bilan ishlashda yangi usullar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, kadrlarga doir hujjatlarni yagona tizimga keltirish, xodimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish;
kadrlar bilan ishlashda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash;
kadrlarning ishchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun qulay shart-sharoit yaratish va jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni saqlab turish yuzasidan takliflar kiritish;
6. Bo‘lim unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Markazning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi;
Markazni kadrlar zahirasini shakllantiradi, ularni tayyorlash va stajirovkadan o‘tishini tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
malakali xodimlarga bo‘lgan joriy va kelgusidagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlarni lavozimlarga tanlash ishlarini rejalashtiradi va muvofiqlashtiradi;
Markazning kadrlar ishi, farmasevtlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
tegishli ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Markazga ishga qabul qilish uchun bitiruvchi talabalar orasidan yosh mutaxassislarni bilimi, shaxsiy va ishchanlik qobiliyatlarini o‘rganish asosida tanlaydi;
xodimlarni o‘z xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qiladi;
Markaz xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
kadrlar ishini yuritadi hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Markaz kadrlarining tarkibi va harakati hisobini yuritadi;
xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qiladi;
Markaz xodimlarni mehnat intizomi va kasb etikasi qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib boradi, mehnat intizomi va kasb etikasi qoidalari buzilgan har bir holatni chuqur va xolisona o‘rganib chiqadi;
Markazning kadrlar hisobini yuritish tizimini tashkil etadi, xodimlarning shaxsiy yig‘majildlarini yuritadi, kadrlar tarkibi va harakati bo‘yicha hisobotlar tuzadi va tahlil qiladi;
xodimlarga xizmat guvohnomalari berilishini va xizmat guvohnomalari blanklari hamda mavjud mehnat daftarchalarini saqlanishini ta’minlaydi;
kadrlar ishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
o‘z faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha xulosalar tayyorlaydi;
o‘z faoliyati sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi.
Bo‘lim o‘z vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Biz bilan bog‘lanish:
Tel.: 71 203-01-01
05.11.2024
Boʻlim va boʻlinmlar
- Axborot texnologiyalari bo‘limi
- Buxgalteriya bo'limi
- Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi
- Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimi
- Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi
- Farmako-toksikologik tadqiqot laboratoriyasi
- Farmakologik nazorat bo‘limi
- Farmakopeya qoʻmitasi
- Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi
- Farmokologiya qo'mitasi
- Komplayens va moliyaviy nazorat shoʻbasi
- Matba bo'limi
- Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish boʻlimi
- Maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻlimi
- Moliya va iqtisodiyot bo‘limi
- Narkotik moddalarni nazorat qilish qoʻmitasi
- Postmarketing nazorat boshqarmasi
- Referent narxlarni shakllantirish bo'limi
- Ro'yxatga olish bo'limi
- Sifat menejmenti bo'limi
- Sinov markazi
- Sоg'liqni saqlash vazirligining mеtrologiya xizmati
- Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi
- Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi
- Vaksinalar, sarum preparatlari va mikrobiologik tadqiqotlar laboratoriyasi
- Xalqaro Aloqalar Bo’limi
- Yangi tibbiy texnika qo'mitasi
- Yuridik bo‘lim