Отдел кадров

Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi

B.Toshniyazov -bo‘lim boshlig‘i

Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi tarkibi: 7 nafar xodim, bo‘lim boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bosh inspektor, yetakchi inspektor-2, 1-toifali inspektor, 2 toifali inspektor.

Asosiy vazifalari

. Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini, standartlarni hisobga olgan holda Markaz  kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish;

tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan hamkorlikda bilimli, axloqan pok, vijdonli va yuksak ma’naviy fazilatlarga ega, malakali kadrlarni tanlash va lavozimlarga tayinlashni ta’minlash;

kadrlar bilan ishlashda yangi usullar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, kadrlarga doir hujjatlarni yagona tizimga keltirish, xodimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish;

kadrlar bilan ishlashda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash;

kadrlarning ishchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun qulay shart-sharoit yaratish va jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni saqlab turish yuzasidan takliflar kiritish;

6. Bo‘lim unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Markazning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi;

Markazni kadrlar zahirasini shakllantiradi, ularni tayyorlash va stajirovkadan o‘tishini tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;

malakali xodimlarga bo‘lgan joriy va kelgusidagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlarni lavozimlarga tanlash ishlarini rejalashtiradi va muvofiqlashtiradi;

Markazning kadrlar ishi, farmasevtlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

tegishli ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda  Markazga ishga qabul qilish uchun bitiruvchi talabalar orasidan yosh mutaxassislarni bilimi, shaxsiy va ishchanlik qobiliyatlarini o‘rganish asosida tanlaydi;

xodimlarni o‘z xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qiladi;

Markaz xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;

kadrlar ishini yuritadi hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

Markaz  kadrlarining tarkibi va harakati hisobini yuritadi;

xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qiladi;

Markaz xodimlarni mehnat intizomi va kasb etikasi qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib boradi, mehnat intizomi va kasb etikasi qoidalari buzilgan har bir holatni chuqur va xolisona o‘rganib chiqadi;

Markazning kadrlar hisobini yuritish tizimini tashkil etadi, xodimlarning shaxsiy yig‘majildlarini yuritadi, kadrlar tarkibi va harakati bo‘yicha hisobotlar tuzadi va tahlil qiladi;

xodimlarga xizmat guvohnomalari berilishini va xizmat guvohnomalari blanklari hamda mavjud mehnat daftarchalarini saqlanishini ta’minlaydi;

kadrlar ishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

o‘z faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha xulosalar tayyorlaydi;

o‘z faoliyati sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi.

Bo‘lim o‘z vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

Biz bilan bog‘lanish:

Tel.: 71 203-01-01

05.11.2024

Отделы и поздразделения