Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimi faoliyati
- Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimi oliy iqtisodiy, yuridik maʼlumotga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislardan shakllanadi hamda boʻlim boshligʻi, yetakchi mutaxassis hamda 1-toifali mutaxassis lavozimlaridan iborat boʻladi.
Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimi xodimlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimi boshligʻi lavozimiga oliy iqtisodiy, yuridik maʼlumotga va mutaxassislik boʻyicha kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxs tayinlanadi.
Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimining asosiy yoʻnalishlari va funksiyalari:
- Markaz ehtiyojlaridan kelib chiqib zaruriy boʻlgan tovar (ish va xizmat)larni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq xarid qilish;
- Markazning tarkibiy boʻlinmalarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish boʻyicha soʻrovlarni qabul qilish va tahlil qilish;
- tovar (ish va xizmat)larni sotib olish boʻyicha yillik va choraklik rejalarni ishlab chiqish va maxsus axborot portaliga joylashtirish;
- tovar (ish va xizmat)larni sotib olish boʻyicha shartnomalarni tuzish va tuzilgan shartnomalarning hisobini yuritish;
- xaridlar uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish, shu jumladan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olishdan koʻrilgan naf, ularning sifati va qiymati oʻrtasidagi maqbul nisbatni (foydalanish davri xarajatlarini hisobga olgan holda) taʼminlash;
- jamoatchilikka davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotdan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq, oʻz vaqtida, erkin va bepul foydalanish imkoniyatini taʼminlagan holda uni maxsus axborot portaliga joylashtirish;
- xarid qilish tartib-taomillariga doir hujjatlarni va hisobotlarni tuzish hamda but saqlashni taʼminlash;
- xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilariga teng imkoniyatlarni taʼminlash;
- xaridlarni amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik, mutanosiblik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik prinsiplariga amal qilish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik;
- fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni tuzish va hisobini yuritish;
- amaldagi qonunchilik bilan belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- qonunchilikda belgilangan tartib va usullarni qoʻllagan holda tovar (ish va xizmat)larni xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzish;
- amalga oshirilgan xaridlarning hisobini yuritish;
- tovar (ish va xizmat)larni xarid qilish boʻyicha choraklik, yillik rejalarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat xaridlari maxsus elektron portaliga joylashtish;
- qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun avans toʻlovlarini kiritish;
- davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat xaridlari oʻtkazilishi haqidagi eʼlonlarni joylashtirish;
- maxsus axborot portalida davlat buyurtmachisi oʻzi bilan affillangan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni joylashtirish;
- zarur hollarda davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
- davlat xaridlarida elektron raqamli imzolardan foydalangan holda amalga oshirish;
- toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalarni uch kun ichida maxsus axborot portaliga joylashtirish;
- tanlash va tender oʻtkazish boʻyicha xarid hujjatlarni ishlab chiqish;
- Markazda tuzilgan xarid komissiyasi ishini masʼul kotib sifatida tashkillashtirish;
- tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovar (ish va xizmat)larni qabul qilib olish;
- amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa funksiyalarni bajarishdan iborat.
05.11.2024
Отделы и поздразделения
- Бухгалтерия
- Испытательный центр
- Комитет по контролю за наркотиками
- Комитет по новой медицинской технике
- Лаборатория вакцин, сывороточных препаратов и микробиологических исследований
- Лаборатория контроля качества и стандартизации лекарственных средств
- Лаборатория контроля качества изделий медицинского назначения и медицинской техники
- Лаборатория фармако-токсикологических исследований
- Метрологической службы Министерства здравоохранения
- Орган по сертификации медицинской продукции
- Отдел административно-хозяйственных дел
- Отдел внедрения специальной цифровой маркировки
- Отдел информационных технологий
- Отдел кадров
- Отдел международных отношений
- Отдел менеджмента качеством
- Отдел развития государственной фармакопеи
- Отдел регистрации
- Отдел фармакологического контроля
- Отдел формирование референтных цен
- Полиграфический отдел
- Сектор комплаенса и финансового контроля
- Управление лицензирования фармацевтической деятельности
- Управление постмаркетингового надзора
- Фармакологический комитет
- Фармакопейный комитет
- Финансово экономический отдел
- Юридический отдел