Ro'yxatga olish bo'limi

Xayrullayev O.U - bo'limi boshlig'i.

Asosiy vazifalar:

  • mahalliy va xorijiy tibbiy, profilaktika, diagnostika mahsulotlari, tibbiy buyum hamda tibbiy mahsulotlarni ro'yxatdan o'tkazish va tegishli guvohnomalar berish;
  • ro'yxatdan o'tgan dori vositalari va tibbiy buyumlar to'g'risida "Dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat reestri"ni tayyorlash uchun ma'lumot berish;
  • ro'yxatdan o'tgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
  • yangi ro'yxatdan o'tgan va bekor qilingan dori vositalari va tibbiy mahsulotlar haqidagi ma'lumotlarni mutaxassislar e'tiboriga etkazish;
  • manfaatdor tashkilotlar va jismoniy shaxslarga ro'yxatdan o'tgan xorijiy mahsulotlarni mamlakatga olib kirish uchun ruxsatnoma berish;
  • mamlakatga gumanitar yo'nalish orqali qabul qilingan dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni olib kirish uchun ruxsatnoma berish.

Ro'yxatga olish bo'limi o'z faoliyati davomida:

  • dunyoning 80 mamlakatidan 3500 xorijiy farmatsevtika kompaniyalarining, shuningdek mahalliy tibbiy, profilaktika, diagnostika vositalari, tibbiy texnika va tibbiy buyumlar uchun 11489 dan ortiq ro'yxatdan o'tish guvohnomalarini berdi;
  • ro'yxatdan o'tgan va qayta ro'yxatdan o'tgan dori vositalari va tibbiy buyumlari to'g'risida, substantsiyalarni bir martalik ro'yxatdan o'tkazish va gumanitar yordam yo'nalishidagi to'liq, doimiy ravishda yangilanib turadigan ma'lumotlar bazasini shakllantirdi;
  • substantsiyalarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha 1375 dan ortiq guvohnoma berdi.

Hozirda 6000 dan ortiq mahalliy va xorijiy tashkilotlarga O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tgan dori vositalari va tibbiy mahsulotlar to'g'risida ma'lumotlar berilmoqda, shuningdek 30 dan ortiq gumanitar tashkilotlarga mamlakatga gumanitar yo'nalish orqali olingan diagnostika, profilaktika, dori vositalari va tibbiy texnikalarni olib kirishga 200 dan ortiq ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan.

Ro'yxatga olish bo'limi O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tgan mahsulotlar to'g'risidagi ma'lumotlar bankini ko'paytirish, ro'yxatga olish guvohnomalarining elektron versiyalarining ma'lumotlar bazasini yaratish, yaqin va uzoq xorijiy davlatlarning tagishli tashkilotlari bilan aloqalarni o'rnatish sohasida ish olib boradi.

Biz bilan bog'lanish:

Tel.: (71) 203-01-01; 249-47-93;

Faks: 242-48-25.

E-mail:  farmkomitet@ssv.uz 

27.05.2024