Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi bilan 2023-yilning 22-iyunidan “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tarkibida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tashkil etildi.
Boshqarma boshligʻi - Mansurbekov D.D
Hozirgi kunda boshqarmada 16 nafar bosh mutaxassis, 8 nafar yetakchi mutaxassis va 3 nafar 1-toifali mutaxassis faoliyat yuritmoqda.
Farmatsevtika faoliyati belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya da’vogarining arizasiga ko‘ra besh yildan kam bo‘lgan muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.
Boshqarmaning asosiy vazifalari
Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- yuridik shaxslarning farmatsevtika faoliyatini (keyingi o‘rinlarda farmatsevtika faoliyati deb ataladi) litsenziyalash ishlarini tashkil etish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
- lisenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
- o‘z vakolatlari doirasida litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlarini elektron ravishda ko‘rsatishga oid axborot tizimlari va veb saytlarni yuritish;
- tadbirkorlik sub’yektlariga litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun yaratiladigan sharoitlarni belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirish yuzasidan konsultativ-metodik yordam ko‘rsatish.
Boshqarmaning asosiy funksiyalari
Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- a) yuridik shaxslarning farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash ishlarini tashkil etish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish sohasidagi ishlar;
- b) lisenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish sohasidagi ishlar;
- v) o‘z vakolatlari doirasida litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlarini elektron ravishda ko‘rsatishga oid axborot tizimlari va veb saytlarni yuritish sohasidagi ishlar;
- g) tadbirkorlik sub’yektlariga litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishini amalga oshirish uchun sharoitlarni belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirish yuzasidan konsultativ-metodik yordam ko‘rsatish sohasidagi ishlar;
Biz bilan bog'lanish:
Tel.: (71) 203-01-01; (2500)
E-mail: farmkomitet@ssv.uz
27.05.2024
Boʻlim va boʻlinmlar
- Axborot texnologiyalari bo‘limi
- Buxgalteriya bo'limi
- Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi
- Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimi
- Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi
- Farmako-toksikologik tadqiqot laboratoriyasi
- Farmakologik nazorat bo‘limi
- Farmakopeya qoʻmitasi
- Farmokologiya qo'mitasi
- Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi
- Komplayens va moliyaviy nazorat shoʻbasi
- Matba bo'limi
- Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish boʻlimi
- Maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻlimi
- Moliya va iqtisodiyot bo‘limi
- Narkotik moddalarni nazorat qilish qoʻmitasi
- Postmarketing nazorat boshqarmasi
- Referent narxlarni shakllantirish bo'limi
- Ro'yxatga olish bo'limi
- Sifat menejmenti bo'limi
- Sinov markazi
- Sоg'liqni saqlash vazirligining mеtrologiya xizmati
- Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi
- Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi
- Vaksinalar, sarum preparatlari va mikrobiologik tadqiqotlar laboratoriyasi
- Xalqaro Aloqalar Bo’limi
- Yangi tibbiy texnika qo'mitasi
- Yuridik bo‘lim