Sinov markazi

Sinov markazi rahbari - Boboyev Zufar Durmamat o‘g‘li

Sinov markazi beshta laboratoriyadan iborat bo‘lib, har biri farmatsevtik mahsulotlarning sifatini va xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi: Dori vositalarini sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi; Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi; Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi; Farmako-toksikologik tahlillar laboratoriyasi; Metrologiya xizmati.

Sinov markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlariga muvofiqligini tekshirish va ekspertizasini tashkil etish;
  • Beg‘araz ko‘mak mablag‘lari va insonparvarlik yordami sifatida Respublikaga olib kiriladigan dori vositalari va tibbiy texnikaning normativ hujjatlarga muvofiqligini aniqlash jarayoninin tashkillashtirish;
  • Xo‘jalik shartnomalari asosida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilish va mahsulotlarning sifatini nazorat qilish;
  • Laboratoriyalarning akkreditatsiya talablari va inspeksion nazoratga tayyorgarligini tashkil etish;
  • Yangi sifat nazorati usullarini o‘rganish, takomillashtirish va ilmiytadqiqot ishlarini olib borish;
  • Davlat farmakopeyasiga kiritilishi rejalashtirilgan umumiy farmakopeya maqolasi va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etish;
  • yangi dori vositalarini standartlashtirish va normativ texnik hujjatlari loyihalari bo‘yicha xulosalar berishda ishtirok etish;
  •  sinov natijalarining ishonchliligi, xolisligi va talab qilinadigan aniqligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
  • sinov uchun belgilangan yoki kelishilgan muddatlarda sinovlarni amalga oshirish ishlarini tashkil qilish;
  • dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatga olish, standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish sohasida mutaxassislarni tayyorlashda, ularning malakasini oshirishda, shuningdek malakali kadrlar zahirasini yaratishda ishtirok etish.

08.11.2024