Komplayens va moliyaviy nazorat shoʻbasi

Shu’ba mudiri: Buriyev Oybek Abdumalikovich

 

Shu’ba bosh mutaxassisi: Bayazitov Ares Marsovich

 

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Komplayens va moliyaviy nazorat shu’basining (keyingi oʻrinlarda Shu’ba deb ataladi)

Shu’ba bevosita Markaz direktoriga boʻysunuvchi tarkibiy tuzilma hisoblanadi.

Shu’ba oʻz faoliyatini Markazning boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shu’ba mudiri oʻz faoliyatida bevosita Markaz direktoriga boʻysunadi va uning oldida hisobdordir.

Shu’ba Markaz hamda uning filiallari faoliyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy qilish va nazorati, qonunchilik hujjatlariga, taʼsis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yoʻli bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, maʼlumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining toʻliqligi va ishonchliligini taʼminlash, xoʻjalik yuritish operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillariga rioya qilinishi boʻyicha nazorat va monitoring faoliyatini amalga oshiradi.

Tel.: 71 203-01-01 (2600, 2601)

e-mail: farmkomitet@ssv.uz

 

20.11.2024