Новости

Sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 7-oktyabrdagi “Tibbiyotda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari, laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik tekshiruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 313-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi Metrologiya xizmati tomonidan hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Подробнее

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-dekabrda tasdiqlangan “2025-yilda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar faoliyati bo‘yicha belgilangan hududlarda o‘tkaziladigan o‘rganish ishlari va sayyor seminarlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi mutaxassislari Namangan viloyatida bo‘ldi.

Подробнее

Joriy yilning 28–29-aprel kunlari "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi hamda Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan qator farmatsevtika korxonalari jumladan, “Jurabek Laboratories” MCHJ QQ, “Radiks” MCHJ, “Curatio Pharm” MCHJ hamda “Meros Pharm Tashkent” MCHJda dori vositalarini raqamli markirovkalash tizimi doirasida xatlovdan o‘tkazish jarayoni o‘rganildi.

Подробнее

O‘zbekistonda farmatsevtika sohasidagi ilmiy-amaliy ishlar, sifat nazorati tizimi hamda Davlat farmakopeyasi bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida "Ibn Sino" jamoat fondi rahbari Mixael Sach boshchiligidagi delegatsiya Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tashrif buyurdi.

Подробнее

Prezidentimizning mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi direktorining birinchi o‘rinbosari Nozim Berdiyev hududlardagi mahalliy farmatsevtika korxonalari faoliyati bilan tanishishda davom etmoqda.

Подробнее