30.10.2023
1366
Toshkent shahridagi dorixona muassasalari rahbarlari va mudirlari diqqatiga!
Shu yilning 31-oktabr kuni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan Toshkent sharida faoliyat yuritayotgan dorixona muassasalari ma'sullari uchun seminar-yigʻilish oʻtkaziladi.
Mazkur seminarda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda litsenziya talab va shartlari shuningdek, farmatsevtika sohasida yangi chakana savdo tashkilotlarini tashkil etishda amal qilinishi shart boʻlgan “Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)” talablari yuzasidan tushuntirish, tarʻgibot ishlari boʻlib oʻtadi.
Murojaat uchun telefon: (97)409-99-00
Manzil: TTA qoshidagi akademiy litsey