«Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKda Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Amirxon Azimov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 oktyabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-411-son qaroridagi vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
MoreXabaringiz bor, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, olib kirish va aylanmasini hisobga olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish hamda qonuniy aylanishini taʼminlash, shuningdek, ushbu mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingan.
MoreO‘zbekiston Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusini eʼtirof etib, Farmakoterapiya xavfsizligi haftaligi “MedSafetyWeek-22"da ishtirok etmoqda.
More"Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi"da “Qanday qilib farmakologik nazorat bo‘yicha vakolatli shaxs bo‘lish mumkin? Ishlab chiqarishda farmakologik nazorat tizimini joriy etish" mavzusida seminar o‘tkazildi.
MoreDori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining Huquqni muhofaza qilish organlari murojaatlari bilan ishlash bo‘limga joriy yilning oktyabr oyi davomida Huquqni muxofaza qiluvchi organlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 95 ta murojaat kelib tushdi.
More2022 yilning oktyabr oyi davomida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organiga bo‘lgan murojaatlar asosida taqdim qilingan farmatsevtika mahsulotlari belgilangan tartibda sertfikatlashtirish uchun tekshiruvdan o‘tkazildi.
More“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasining yetakchi mutaxassisi Nargiza Musayeva farmatsevtika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oldi.
MoreRossiya Federatsiyasi “Farmstandart - Tomskximfarm” OAJning Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga murojaatida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan “Levomitsetin tabletki 0.5 g №10”, seriya 120319, yaroqlilik muddati “04.24” bo‘lgan dori vositasi qalbakilashtirilganligi to‘g‘risida maʼlum qilgan.
More