News

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Eldor Erkinovich Adilov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

More

O‘tkazilgan tezkor tadbirda “N.M.” MCHJ ekspeditori T.S. va fuqaro Sh.X.lar internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sotib olingan dori vositalarini sanitariya talablariga javob bermaydigan omborxonada saqlab, dorixonalarga yetkazib berayotganliklari aniqlanib, ulardan umumiy bahosi 2,6 mlrd so‘mlik 90 turdagi 29 122 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

More

Joriy yilning 28–30-aprel kunlari sohadagi milliy qonunchilik talablari hamda farmakologik nazorat tizimini takomillashtirish vazifalaridan kelib chiqqan holda, farmakonazorat (GVP) yo‘nalishida “Xavfsizlik haqidagi birinchi ma’lumotdan regulator inspeksiyasigacha” mavzusida xalqaro o‘quv seminari o‘tkaziladi.

More

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni ijrosi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining Samarqand filiali tomonidan 30 dan ortiq turdagi zamonaviy sinov uskunalari va yordamchi vositalar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Samarqand filialiga beg‘araz asosda topshirildi.

More