Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlagan nizomga muvofiq, dorixona xodimlari tomonidan dori vositasini sotib oluvchilarga zarur maʼlumotlar berilishi kerak. Jumladan, sotib oluvchining talabiga binoan dorixona xodimi dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlari va ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishi lozim.
More