Отдел административно-хозяйственных дел

Maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻlimi

 

 Maʼmuriy xoʻjalik boʻlimida 34 ta xodim boʻlib, shundan; boʻlim boshligʻi, avtoxoʻjalik sektori bosh mexanigi, xoʻjalik sektori, markaziy ombor sektori, ikkinchi toifli operator kotiba, 12 nafar texnik xodimlar xizmat qiladi.

Yil boshidan xozirgi kunga qadar quyilagi ishlar amalga oshirildi. 

Markaz xududidagi barcha daraxt, archa va butalar formovka qilinib, shakl berildi. Koʻcha tarafdagi koʻp yillik daraxtlar tuman ekologiya va tabiat boʻlimi bilan kelishilgan holda shoxlari butalandi.

Markaz binosi va xududni sanitariya-gigiyena holatini saqlash maqsadida barcha texnik xodimlar muntazam ravishda xizmat qilib kelmoqdalar.

Dori vositalarining xujjatlarini saqlash uchun alohida omborxona ijaraga olinib, shartnomalar tuzilib, xarid boʻlimiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun, buxgalteriya boʻlimiga toʻlovlarni amalga oshirish uchun topshirildi. Yongʻin xavfsizligini saqlash amalga oshirildi (markaziy omborxonadan 9 dona ognetushitel ajratildi).

Davlat muassasasidagi bino ichidagi va tashqarisidagi barcha xojatxonalar oʻz vaqtida kerakli boʻlgan xoʻjalik va yuvish vositalari bilan taʼminlanmoqda.

Davlat muassasasiga tegishli barcha kommunal toʻlovlar oʻz vaqtida bajarilmoqda (suv, gaz, elektr, chiqindi).

Kommunal xizmatlar (suv, gaz, elektr, chiqindi)  uchun avariya hollarining talablariga qarab ishlar bajariladi. Kamchiliklar, avariyalar bartaraf etilmoqda. Oʻz vaqtida tushgan talabnomaga asosan ishlar amalga oshirilmoqda.

Katta majlislar zalining yoritish chiroqlari almashtirildi, Markaz xududida obodonlashtirish maqsadida archalar formovka qilinib dorilandi.

 Markaziy omborga yil boshidan 261 dona schyot faktura boʻyicha tovar moddiy boyliklar qabul qilinib boʻlimlarga chiqarildi.

Avtoxoʻjalik sektorida xozirgi kunda 18 ta avtomobil soz xolatda. 18 nafar xaydovchilar xizmat koʻrsatmoqda. Avtoxoʻjalikka tushgan talabnomaga asosan navbatchi avtomobillar kun davomida barcha xodimlarga xizmat koʻrsatadi. Yil boshidan xozirga kunga qadar 16 ta avtomobil taʼmirlandi. 9 oy davomida Markaz boʻlimlar xodimlarining xizmat safarlari boʻyicha avtomobillar barcha viloyatlarga borib kelmoqdalar. Avtoxoʻjalik tasarufida boʻlgan avtomobillar oʻz vaqtida taʼmirlanib doimiy soz xolati taʼminlanmoqda.

Xar kuni Markazning tashqi va ichki xududi tozalanib supuriladi. Bino xonalarining tozaligi, xojatxona va koridorlar sanitariya gigiyenik xolati soz xolatda tozalanib kelinmoqda.  Farroshlar va texnik xodimlarga kerakli ish anjomlari bilan taʼminlanganlar.

05.11.2024