Yangiliklar

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida “DARMON” tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda O’zbekiston, Rossiya, Fransiya va boshqa mamlakatlardan tashabbuskorlar qatnashdi. Tizimni raqamlashtirish, arizachilar uchun qulaylik oshirish hamda foydalanuvchi interfeysini soddalashtirish bo’yicha takliflar kiritildi. Ishlar natijasida jarayonlarda shaffoflik va samaradorlik oshishini kutilmoqda.

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari xavfsizligi va sifatini ta’minlashga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 26-son buyrug‘i bilan “Jenerik dori vositalarining farmakokinetik bioekvivalentligini o‘rganishga oid klinik tadqiqotlarni o‘tkazish va natijalarini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi hamda Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami — 3750)

Batafsil

Aholini hayotiy zarur dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida muhim normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 5-yanvardagi 24-son buyrug‘i bilan vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llash va olib kirishga ruxsat berish tartibi tasdiqlandi.

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 16-son buyrug‘i bilan “Tibbiy jihozlarning turlari bo‘yicha nomenklatura klassifikatsiyasi va ularni qo‘llash xavfi darajasiga ko‘ra tasniflash qoidalari” tasdiqlandi hamda Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami — 3751-son 12.01.2026).

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari va tibbiy jihozlardan foydalanish jarayonida aholining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 30-dekabrdagi 18-son buyrug‘i bilan “Dori vositalarining farmakologik nazorati va tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlanib, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami — 3752

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF–137-son “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘lari bilan o‘tgan hafta farmatsevtika va tibbiy texnologiyalar sohasida to‘rtta muhim normativ-huquqiy hujjat tasdiqlandi.

Batafsil