Markazning Andijon filiali JSSTning prekvalifikatsiyasidan o‘tish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

18.02.2025 216

Markazning Andijon filiali JSSTning prekvalifikatsiyasidan o‘tish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda


Bugungi kunda farmatsevtika sohasining rivojlanishi, dori vositalarining xavfsizligi va sifati xalq salomatligini muhofaza qilishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois, mamlakatimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarni xalqaro talablarga mos ravishda ishlab chiqarish va ularning xavfsizligi hamda sifatini nazorat qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning Andijon filiali 2024 yil davomida 24 xil turdagi zamonaviy o‘lchov va sinov uskunalari bilan jihozlanib, ish jarayonlari xalqaro talablarga muvofiqlashtirildi. Ayni kunlarda PQM+ dasturi doirasida xalqaro auditorlar tomonidan sinov markazining faoliyati baholanib, berilgan tavsiyalarga asosan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.