Yangiliklar

O‘zbekiston mutaxassisi Estoniyada sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish tajribasini o‘rganmoqda. “Sog‘liqni saqlash sohasida raqamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan o‘quv dasturi uzoq muddatli tajriba almashish imkonini beradi. Kursda Estoniyaning elektron sog‘liq tizimi, Milliy axborot tizimi va raqamli retsept mexanizmlari kabi ilg‘or tizimlar o‘rganilmoqda. Bunday dastur O‘zbekistonda tibbiyot sohasini modernizatsiya qilishga yordam beradi.

Batafsil

DARMON axborot tizimida dori vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini yanada soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida muhim yangilik joriy etildi. Endilikda umumiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida tan olish (признание) yo‘li orqali ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmi joriy etildi.

Batafsil

O‘zbekistonda narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir giyohvandlik vositalarining noqonuniy foydalanishini oldini olish va yangi narkotiklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish yuzasidan o‘zgarishlarni kiritishni maqsad qilgan. Konferensiyada mamlakatdagi narkotiklar sohasi mutaxassislari hamda davlat organlari ishtirok etdi.

Batafsil

Izboskan tumanida elektron retsept tizimini joriy etishga doir seminar o‘tkazildi. Tadbirda tibbiyot birlashmasi mutasaddilari, poliklinikalar rahbarlari, shifokorlar hamda dorixonalar vakillari ishtirok etdi. Seminarda tizimning amaliy ahamiyati, ishlash mexanizmi hamda integratsiyalashgan ishlash jarayoni tushuntirildi. Tizim orqali retseptlar elektron platformaga kiritiladi, bemorlarga esa SMS orqali retsept kodi yuboriladi.

Batafsil

"Tashkent Pharma Park" klasteri binosida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tizimdagi dolzarb masalalar, amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar atroflicha tahlil qilindi.

Batafsil

Farmatsevtika xavfsizligi markazida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish va tahlil qilishga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Elektron retsept tizimini joriy etish, “Darmon” axborot tizimini takomillashtirish va byurokratik jarayonlarni osonlashtirish asosiy vazifalar qilindi. Yig‘ilishda tizimni kengaytirish, integratsiya qilish va ish jarayonlarini shaffof qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Tadbir yakunida sohaga hissa qo‘shgan xodimlar ham e’tirof etildi.

Batafsil