Yangiliklar

Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini xususan, farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining bir guruh mutaxassislari “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Batafsil

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Mirzoxidjon Qodirov, АQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) delegatsiyasi vakillari - USAID'ning Oʼzbekistondagi missiyasi direktori oʼrinbosari Edvard Mixalьski, Sogʼliqni saqlashni rivojlantirish boshqarmasi direktori Cherri Gumapas va boshqarma maslahatchisi Charlьz Lerman bilan uchrashdi.

Batafsil

Аyni kunlarda SSV ning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish labarotoriyasi mutaxassislari AIBO - Xalqaro biznes xodimlari akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Rivojlangan mamlakatlar uchun tibbiy tasvirlash qurilmasini konfiguratsiya qilish va boshqarish” mavzusida oʼtkazilayotgan seminarda ishtirok etmoqda.

Batafsil

Inson salomatligiga bevosita taʼsir etuvchi dori vositalarining muomalasini isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi mavjud huquqiy mezonlar asosida tashkil etish, buning uchun sohaga tegishli barcha hujjatlarni toʼplash, ularni farmatsevtika va tibbiyot sohasidagi mutaxassislarga va jamoatchilikka yetkazish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi taʼsisligida “Oʼzbekiston farmatsevtik xabarnomasi” farmatsevtika jurnali chop etib kelinadi.

Batafsil