Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan "Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi" MCHJ va Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikda 2025-yil 10-19-fevral kunlari “Zarur farmakonazorat amaliyoti - GVP” boʻyicha navbatdagi seminar-trening onlayn formatda oʻtkaziladi.
Подробнее
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda olingan dori vositalari va tibbiy buyumlar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyasida ekpertizadan oʻtkazildi.
Подробнее
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov Malayziya Milliy farmatsevtika tartibga solish agentligi direktori Azuana binti Ramli bilan uchrashdi. Unda tomonlar oʻz mamlakatlaridagi farmatsevtika sohasini tartibga solish tizimi, roʻyxatdan oʻtkazish, farminspeksiya, klinik sinovlar, faoliyatni litsenziyalash, farmakonazorat va postmarketing nazorati jarayonlari boʻyicha batafsil maʼlumot berdilar.
Подробнее
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Andijon viloyat filiali direktori Jurʼatbek Kuvatov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan bugun tantanali kuzatish marosim boʻlib oʻtdi.
Подробнее
Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan S.T. va boshqalar fuqaro M.X.ga 14 dona “Regapen” va 8 dona “Tropikamid” nomli dori vositalarini 2,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan yana 27 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Подробнее
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Qoratosh mavzesi, 2-uy manzilida joylashgan "Dono Trade Farm" MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.
Подробнее