Sifatsiz dori vositalarini sotayotgan dorixonaga chora koʻrildi

05.02.2025 51

Sifatsiz dori vositalarini sotayotgan dorixonaga chora koʻrildi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Qoratosh mavzesi, 2-uy manzilida joylashgan "Dono Trade Farm" MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan dori vositalarini saqlayotgan va realizatsiya qilayotgan "Dono Trade Farm" MCHJning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi.

Hamda  "Dono Trade Farm" MCHJga  dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2021-yil 18-iyunda berilgan TN 857-sonli litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini maʼlum qilamiz.