Yangiliklar

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Mazkur jarayonda normativ-huquqiy bazani xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, ilmiy asoslangan standartlarni joriy etish hamda dori vositalari sifati ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Batafsil

2025 yil Markaz faoliyatida qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqiy boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish hamda normativ-huquqiy tizimni zamon talablari asosida rivojlantirishda muhim burilish yili bo‘ldi. Yuridik xizmat bo‘limining tizimli va mas’uliyatli faoliyati Markaz institutsional barqarorligining huquqiy asoslarini mustahkamladi.

Batafsil

So‘nggi yillarda mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, kadrlar bilan ishlashda shaffoflikni kuchaytirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida amalga oshirilayotgan kadrlar siyosati va ichki nazorat ishlari amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

Batafsil

Farmatsevtika sohasini tartibga solish bugungi kunda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini izchil isloh etish jarayonining muhim va ajralmas yo‘nalishiga aylandi. Xususan, dori vositalari hamda tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-taomillarini soddalashtirish bilan bir qatorda, ularning sifati va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirishga qaratilgan tizimli islohotlar 2025-yilda amaliy natijalar bilan o‘z tasdig‘ini topdi.

Batafsil

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonlari nafaqat infratuzilma va kadrlar salohiyatini oshirish, balki tibbiy faoliyatda aniqlik, ishonchlilik va xavfsizlikni kafolatlaydigan institutsional mexanizmlarni kuchaytirishga qaratilmoqda. Bu borada metrologik ta’minot masalasi davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Batafsil

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi direktori Alisher Temirov hamda Jordan Food and Drug Administration (JFDA) rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda tomonlar dori vositalari muomalasi sohasidagi milliy regulyator tizimlari to’g’risda taqdimot qilib, ushbu yo‘nalishdagi mavjud tajriba va yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdi.

Batafsil