Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan vazirlik huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Nartayev Agzam Orumbayevich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. (https://telegra.ph/file/d53b338b10de5429ce57b.png)
Uning o‘rniga Temirov Alisher Smatillayevich Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. A.Temirov 2009 yil Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan.
Turli yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Yangi tibbiy texnika qo‘mitasi raisi, Dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi bo‘lim boshlig‘i, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori o‘rinbosari kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, A.Temirov rahbar kadrlarni tayyorlash dasturi doirasida Germaniya davlatida stajirovka o‘tagan. Uning bevosita ishtiroki bilan O‘zbekiston Yevropa va AQSH farmokopeyalarida kuzatuvchi maqomini hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini yaratishda ularning matnlarini nusxalashtirish va uyg‘unlashtirish huquqini olgan.
U tayinlovga qadar, Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmatsevtika sohasini tartibga solish va dori vositalari ehtiyojlarini aniqlash bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.