News (February, 2024)

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.S. 200 dona, fuqaro A.A. 40 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini jami 9,6 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

More

Xabaringiz bor, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chortoq tuman tez yordam bo‘limi feldsheri tomonidan yashirin sex sharoitida tayyorlangan “Zodak”, “Anaferon”, “Xilak Forte” va “Vitamin B6” nomli qalbaki dori vositalari Andijon, Farg‘ona va Toshkent shaharlaridagi dorixonalarda sotuvga chiqarilganligi aniqlandi.

More

Kuchli taʼsir qiluvchi noqonuniy dori vositasini pullamoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

More

Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida tegishli organlar tomonidan yanvar oyida o’tkazilgan tezkor tadbirda 408 ta holatda ushlangan farmatsevtika mahsulotlari ekspertiza qilish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim qilindi.

More

Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuni 20-moddasida sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanishi belgilangan.

More

Xabaringiz bor, kuni kecha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori A.Nartayev, Ch.Gumapas boshchiligida USAID delegatsiya vakillarini qabul qilgan edi. Bugun mazkur tashrifning mantiqan davomi sifatida markazda AQSh Taraqqiyot Agentligining "PQM+" programmasi texnik direktori Dr. Sule Fanuvong ishtirokida maslahat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

More

Joriy yilning 2-fevral kuni, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev, AQSh Taraqqiyot Agentligi (USAID)ning O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish idorasi direktori Cherri Gumapas boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

More

Aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan taʼminlash uchun ular xalqaro darajada eʼtirof etilgan standartlar asosida ishlab chiqarilishi, saqlanishi, laboratoriya ekspertizasidan va klinik tekshiruvlardan o‘tishi kerak. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida farmatsevtika mahsulotlarining ushbu talablarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida GxP konsepsiyasi joriy etilgan.

More