Farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar diqqatiga!
Oʼzbekiston va Turkiya oʼrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Samarqand shahrida Oʼzbekiston - Turkiya tibbiyot forumi boʼlib oʼtadi.
Unda Turkiya tomonidan 100 ga yaqin tibbiyot va farmatsevtika kompaniyalari ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, forum doirasida soha vakillari ishtirokida B2B, B2G va G2G uchrashuvlar oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, yurtimizda faoliyat yuritayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va farmatsevtika mahsulotlari ulgurji realizatsiyasi bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlik subʼektlarini joriy yilning 16-17 avgust kunlari Samarqandda boʼlib oʼtadigan ushbu nufuzli anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz.
Manzil: “Silk Road by Minyoun” hotel
Murojaat uchun: (99) 399-30-33