Prezident qarori bilan tasdiqlangan, Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturiga muvofiq, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" Davlat muassasasi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
✅ Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ruyxatidan oʼtkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash yuli bilan davlat tomonidan boshqarishni, postmarketing nazoratini amalga oshirishni taʼminlaydi;
✅ Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
✅ Davlat farmakopeyasini ishlab chiqadi;
✅ Tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtiruvchi markaziy organ sifatida respublikadagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
✅ Tibbiyot amaliyotida qoʼllanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini ishlab chiqadi;
✅ Farmakologik nazoratni amalga oshiradi;
✅ Tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifat nazorati borasida metrologiya tekshiruvlarini tashkillashtiradi;
✅ Tibbiyot amaliyotida qoʼllashga ruxsat etilgan dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrini yuritadi;
✅ Huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatlari buyicha farmatsevtika mahsulotlarini ekspertizadan oʼtkazishni taʼminlaydi;
✅ Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar mavjud boʼlgan taqdirda, ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizatsiya qilinishini belgilangan tartibda toʼxtatib turish chorasini koʼradi.
Manba: PQ-197-son 20.06.2023