Yaroqlilik (saqlash) muddati o‘tgan dori vositasini sotganlik uchun qanday javobgarlik bor?

17.02.2023 3733

Shoira Nazarova, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi bo‘lim boshlig‘i:

— O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 4 yanvardagi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi qonuni 3-moddasida:

“Cifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi  va tibbiy buyum” deb taʼrif berilgan.

Sifatsiz dori vositalarini sotganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi "Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning 165¹-moddasiga muvofiq, sifatsiz dori vositalarini realizatsiya qilish — mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar bunday harakatlar maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik uchun asos bo‘ladi.

Shu o‘rinda, respublikamiz hududida dori vositalarini realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlardan o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish tartibiga qatʼiy rioya qilishlarini so‘rab qolaman.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika
ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi
axborot xizmati