Xarid qilingan dori vositasining sifatiga shubha uyg‘onganda bu masalada qayerga murojaat qilish kerak?

27.01.2023 1763

— Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlagan nizomga muvofiq, dorixona xodimlari tomonidan dori vositasini sotib oluvchilarga zarur maʼlumotlar berilishi kerak. Jumladan, sotib oluvchining talabiga binoan dorixona xodimi dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlari va ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishi lozim. 

Lekin shunga qaramasdan sizda mazkur dori vositasining sifatiga nisbatan biror shubha paydo bo‘lsa unda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Bunda o‘ram yoki qadoqdagi dori vositasi bilan birga uning xarid (tovar va kassa) chekini taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.

(Manzil: Toshkent sh., Ozod ko‘chasi, K. Umarov tor ko‘chasi, 16-uy, telefon (71) 203-01-01 ichki raqam 23-40)

Taʼkidlash joiz, sizning murojaatingiz bo‘yicha o‘rganishlar olib borilib, dori vositasining sifatsizligini tasdiqlovchi faktlar mavjud bo‘lgan taqdirda taʼsir choralari qo‘llash uchun tegishli organlarga maʼlumot beriladi.

Shoira Nazarova,
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi bo‘lim boshlig‘i

Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunga ko‘ra cifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish,  chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Davlat markazi Axborot xizmati