08.11.2022
2167
“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasining yetakchi mutaxassisi Nargiza Musayeva farmatsevtika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oldi.
N. Musayeva Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi Ismatjon Azizov ilmiy rahbarligida farmatsevtik kimyo va famakognoziya ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan o‘simliklaridan olinadigan moylar asosidagi dori vositalarini standartlash va sifat nazorati” mavzusidagi dissertatsiyani munosib himoya qildi.
Fursatdan foydalanib hamkasbimizning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz!
Davlat markazi Axborot xizmati