Yurtimizdagi yana ikki farmkompaniyada markirovkalash uskunasini o‘rnatildi

09.10.2022 2177

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni guruhlarga bo‘linishini nazarga tutgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimi 2022-2025 yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilininshi belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash, shuningdek markirovkalash uskunasini o‘rnatishda Davlat markazining Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini raqamli markirovkalash bo‘limi tomonidan joylarga chiqqan holda tushuntirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari mazkur bo‘lim mutaxassislari, ishlab chiqarish jarayonlarida markirovkalash tizimini joriy qilgan "Pharmacon LLC" va "Sanita Pharma" MCHJ korxonasiga tashrif buyurishdi hamda ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalarini markirovkalash jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Eslatib o‘tamiz 2022 yil 1 noyabrdan boshlab, birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (agar ikkilamchi (tashqi) o‘ram mavjud bo‘lmasa) va dorivor angro mahsulotlari majburiy raqamli markirovkalanadi.

Davlat markazi Axborot xizmati