Joriy yilning 19 sentyabr kuni Fransiyaning Strasburg shahrida Sog‘liqni saqlash va dori vositalari sifati bo‘yicha Yevropa direktorati tomonidan Yevropa farmakopeyasining 11-nashrining chop etilishi va amaliyotga tatbiq etilishi munosabati bilan “Hamkorlik, innovatsiya va ilmiy mahorat” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Gibrid shaklda o‘tayotgan xalqaro tadbir doirasida 60 ga yaqin davlatlardan tashrif buyurgan 200 dan ortiq tor doiradagi yetakchi ekspertlarni, jumladan, Yevropa institutlari, milliy vakolatli organlar, sanoat va ilmiy tadqiqot institutlari va davlat idoralari vakillarini, olimlarni, mutaxassislarni birlashtirib, dori vositalarini xavfsizligi, sifati va samaradorligini taʼminlash borasida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha munozaralar o‘tkazilmoqda.
Taʼkidlash joiz, mazkur anjumanda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” mutasaddi mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
Davlat markazi Axborot xizmati