Davlat markazida “Xavfga yo‘naltirilgan Postmarketing nazorati” o‘quv kursi tashkil etildi

21.09.2022 4665

Joriy yilning 13-21 sentyabr kunlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi”da Postmarketing nazorati tizimini joriy etishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan postmarketing nazorati jarayonining to‘liq siklini sinov tariqasida o‘tkazishni o‘rganish maqsadida “Xavfga yo‘naltirilgan Postmarketing nazorati” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.

USP texnik maslahatchisi Timoti Nvogu ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘quv kursida:

▪️ Davlat markazining Postmarketing nazorati bo‘limi va sinov laboratoriyalari xodimlari;
▪️ Standartlashtirish va sifat bo‘limi xodimlari;
▪️ «Zarur amaliyotlar markazi» DUK xodimlari;
▪️ Agentlikning Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi hodimlari qatnashishdi.

Eslatib o‘tamiz ushbu o‘quv kursi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi “2022 — 2026 yillarda Respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) o‘rtasida 2020 yil 9 oktyabrda “Dori vositalari sifatini rag‘batlantirish plyus” dasturini (“PQM+” dasturi) amalga oshirish borasidagi hamkorlik to‘g‘risida imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilmoqda.

Davlat markazi Axborot xizmati