Davlat markazining Samarqand viloyatidagi shoʻba korxonasi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi

20.09.2022 2731

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 apreldagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 149-sonli karoriga muvofiq joriy etilayotgan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash ishlari yuzasidan joriy yilning 19 sentyabr sanasida “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi”ning Samarqand viloyatidagi shoʻba korxonasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Davlat markazining Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini raqamli markirovkalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Iskandar Inogamov tomonidan mazkur korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlarga:

mahalliy ishlab chiqaruvchilarga dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab, majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni (qadoqda ko‘rsatilgan sana) raqamli markirovkalanmagan holda 90 kun ichida sertifikatsiyadan o‘tkazishga;

- xorijiy ishlab chiqaruvchilarga dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan (qadoqda ko‘rsatilgan sana) va raqamli markirovkalanmagan mahsulotni 180 kun ichida sertifikatsiyadan o‘tkazish hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirishga ruxsat berilganligi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, Davlat markazining Samarqand viloyat shoʻba korxonasi Sertifikatlashtirish organi va Sinov markazi mutaxassilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi 2022–2025 yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilinishi belgilangan bo‘lib, Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari majburiy raqamli markirovkalanishi lozim.

Davlat markazi Axborot xizmati