Bugunga qadar qaysi aholi qatlami qancha vaksina qabul qildi?

06.08.2021 5307

SSV Matbuot xizmati yurtimizda amalga oshirilayotgan vaksinatsiya jarayonlari haqida xabar berib kelmoqda.

3 avgust holatiga ko‘ra, aholi qatlamlari kesimida emlash ko‘rsatkichlari quyidagicha:

◾️ 65 yoshdan katta fuqarolar — 1 350 573 doza;
◾️ tibbiyot xodimlari — 887 041doza;
◾️ maktab o‘qituvchilari — 964 112 doza;
◾️ maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari — 360 532 doza;
◾️ surunkali kasalligi borlar — 1 290 655 doza vaksina bilan emlanib, vaksinalarning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlari uchun sarflangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi qaroriga asosan:
◾️ 2021 yil 1 sentyabrgacha 18 yoshdan katta bir qancha aholi qatlamlari koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinalari;
◾️ 1 oktyabrgacha 2-doza vaksinalari;
◾️ 1 noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan hollar mustasno) shartligi belgilangan edi.