Yangiliklar (Noyabr, 2024)

Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro hamkorlik yoʻlida muhim bosqichga erishdi: Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi Xalqaro farmatsevtika regulyatorlari dasturi (IPRP) aʼzoligiga rasman qabul qilindi. Bu yutuq Oʻzbekistonning farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi va sifati boʻyicha global standartlarni mustahkamlashga boʻlgan intilishini koʻrsatadi.

Batafsil

Prezidentning 2024 yil 23 yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-20-son Farmonida dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida “Zarur farmakologik nazorat amaliyoti — GVP” standartini joriy etish belgilangan edi.

Batafsil