“PQM+" dasturi doirasida "Analitik usullarni ishlab chiqish, tasdiqlash va texnologiyalar transferi" mavzusidagi trening boʻlib oʻtmoqda.

06.11.2024 782

“PQM+" dasturi doirasida "Analitik usullarni ishlab chiqish, tasdiqlash va texnologiyalar transferi" mavzusidagi trening boʻlib oʻtmoqda.

Unda “Faramatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi”, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Toshkent farmatsevtika instituti va soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Ushbu trening farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuqori sifat va xavfsizlik standartlariga rioya qilish uchun zarur boʻlgan analitik usullarni rivojlantirish, ularni tasdiqlash va amaliyotga joriy etishda mutaxassislarga katta tajriba beradi.

Bu nafaqat dori vositalari sifatini taʼminlash, balki yangi texnologiyalarni tezkor va samarali tarzda milliy farmatsevtika sektoriga integratsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.