Yangi tibbiy texnika qo'mitasi
Tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar guvohnomaning amal qilish muddati davomida o‘zgargan taqdirda ariza beruvchi Davlat markaziga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli hujjatlar, namunalar va standartlarni (zarur hollarda) ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Ariza beruvchining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizasi Davlat markazining tegishli bo‘linmalari vakolatlari doirasida quyidagilardan oshmaydigan muddatlarda ko‘rib chiqiladi: 90 kun —tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun.
Tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro‘yхatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 213-sonli “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro`yxatidan o`tkazish hamda ro‘yхatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish tartibi to`g`risida”gi qarorining 6 bo`lim 36 punktiga muvofiq xujjatlar taqdim etiladi.
Unga ko`ra guvohnomaning amal qilish muddati ariza beruvchi tomonidan Davlat markaziga berilgan arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza Davlat markaziga uning amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin berilishi kerak, shuningdek tibbiy buyum va tibbiy texnikaning samaradorligi va xavfsizligi bo`yicha O`zbekiston Respublikalari klinikalaridan xulosa taqdim etilishi kerak.
24.08.2020 yildagi PF - 6044 sonli "Litsenziyalash va Ruxsat Berish Tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi O'zb Res Prezidentining farmoni bilan tibbiy buyumlarlarni litsenziyalash bekor qilingan.
Vazirlar mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 213 - sonli "Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasini berish tartibi to'g'risidagi qaroriga asosan ro'yxatdan o'tkazish olib boriladi.
"2022-2026 - yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida" gi O'zb Res Prezidenti farmoni, 21.01.2022 yildagi PF-55-sonli farmoniga asosan cheklanmagan muddatga beriladi.