Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati tasdiqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 27-fevraldagi 5-son "Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llash va olib kirishga ruxsat beriladigan, O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan analoglari mavjud bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘i Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. (Ro‘yxat raqami 3611, 12.03.2025) (https://lex.uz/pdfs/7426060)
✅ Ro‘yxatda 34 xalqaro patentlanmagan nomdagi dori vositasi va 117 nomdagi tibbiy buyumlar o‘rin egallagan.
Ushbu buyruq rasman e’lon qilingan kundan 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.