Tibbiy buyumlar ekspertiza qilish ilmiy markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

13.11.2024 784

Tibbiy buyumlar ekspertiza qilish ilmiy markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi



Moskvada bo‘lib o‘tayotgan "Reglek 2024” xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM va Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy buyumlarni ekspertiza qilish ilmiy markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Alisher Temirov va Valentina Kosenko tomonidan imzolangan ushbu memorandum ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, xususan, farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi sohasida o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Unga ko‘ra, tomonlar dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertizadan o‘tkazish, sifat nazoratini takomillashtirish, hamda soha xodimlari malakasini oshirish yo‘nalishida hamkorlik qiladi.

Mazkur kelishuv O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida farmatsevtika va tibbiyot sohasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi. Hamkorlik memorandumi doirasida ikki davlat ekspertlari o‘rtasida tajriba almashish dasturlari va qo‘shma tadqiqotlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.