27-may kuni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Elchi Muhammad Ali Eskandariy boshchiligidagi Eron Islom Respublikasi elchixonasi delegatsiyasi bilan Markaz vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

28.05.2024 1354

Markaz direktori Alisher Temirov mamlakatimizdagi biznes muhiti, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasidagi erkin iqtisodiy zonalar, shuningdek, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyati, dori vositalarini mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va talablari haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, farmatsevtika sohasidagi hamkorlikning ikki davlat iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini barcha sohalarda 1 milliard AQSH dollariga yetkazish masalalari muhokama qilindi. A.Temirov ikki davlatning tartibga soluvchi organlari: Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Eronning Oziq-ovqat va farmatsevtika administratsiyasi o‘rtasida dori vositalari muomalasi sohasidagi uzoq muddatli hamkorlik muhimligini ta’kidladi. A.Temirov dori vositalari sifatini nazorat qilish, kontrafakt mahsulotlar ustidan nazorat, dori vositalarning nojo‘ya ta'sirlari haqida xabar berish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tgan farmatsevtika mahsulotlari bo‘yicha ma’lumot almashish bo‘yicha hamkorlikda ish boshlashni taklif qildi.