Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida, muassa direktori Agzam Nartayev boshchiligida Ekspertlar kengashining 27-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda, mahalliy va xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilgan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini amal qilish muddatini uzaytirish hamda xorijiy farmkompaniyalar murojaat asosida ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasini bekor qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomalarini amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida taqdim qilingan jami 11 nomdagi dori vositalarini tibbiyotda qo‘llashga doir yo‘riqnomalari va normativ xujjatlari;
Xorijiy davlat ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomalarini amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida taqdim qilingan umumiy 16 nomdagi dori vositalarini tibbiyotda qo‘llashga doir yo‘riqnomalari va normativ xujjatlari;
Hamda xorijiy farmkompaniyalarning murojaatlari asosida ularga tegishli dori vositalarining ro'yxatdan o'tkazganlik guvohnomalarini bekor qilish masalalari muhokama qilindi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati