Tayinlov

19.12.2023 538

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktorining tegishli buyrug'i bilan Vasiyev Shoyadbek Zyadbekovich Iqtisodiyot va moliya ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimiga tayinlandi

Shoyadbek Vasiyev turli yillarda “Oʻzstandart” agentligi markaziy apparati bosh buxgalteri, Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshligʻi, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi direktor oʻrinbosari, “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat korxonasi direktor oʻrinbosari, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Soliq-servis” DUK kabi qator muassasalarda mas'ul lavozimlarda ishlagan.

Sh. Vasiyev tayinlovga qadar, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Davlat xaridlari va shartnomalar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.