Toshkentda “Pharma O‘zbekiston va Markaziy Osiyo” 2-xalqaro kongress va koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

02.11.2023 1453

Toshkentda “Pharma O‘zbekiston va Markaziy Osiyo” 2-xalqaro kongress va koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

Shu yilning 15-16-noyabr kunlari Toshkentda “Pharma O‘zbekiston va Markaziy Osiyo: farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilish” mavzusidagi 2-xalqaro kongress va koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Unda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan yirik korxonalar rahbarlari, davlat idoralari, regulyator-nazorat organlari mas’ullari, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar shuningdek, injiniring, loyihalashtirish va qurilish kompaniyalari vakillari bir maydonda jam bo’lishadi.

Kongress panel sessiyalarida ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va modernizatsiyalash bo‘yicha yirik investitsion loyihalarni hamda farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

▪️Ro’yxatdan o’tish quyidagi havola orqali
▪️Manzil: Toshkent “Hilton” mehmonxonasi