50 nomdagi 813815 o‘ram farmatsevtika mahsulotlariga sertifikat berish rad etildi

10.02.2023 1890

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organiga bo‘lgan murojaatlar asosida, joriy yilning yanvar oyi davomida yurtimizga import qilingan va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari o‘rnatilgan tartibda sertfikatlashtirish uchun tekshiruvdan o‘tkazildi.

✅ Ekspertiza natijasiga ko‘ra, Germaniya, Hindiston, Vengriya, Gretsiya, Italiya, Janubiy Koreya, Xitoy hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 50 nomdagi 813815 o‘ram, umumiy qiymati 27 mlrd so‘mdan ortiq farmatsevtika mahsulotlari sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlanib qo‘llash uchun yaroqsiz deb topildi va sertifikatlashtirilishi rad etildi. 

Taʼkidlash joiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning sertifikatlash jarayonlari qatʼiy nazoratga olingan bo‘lib, har bir seriya alohida laborator tekshiruvlardan o‘tkazilib, sifatsizligi aniqlangan farmatsevtika mahsulotlarining erkin muomalaga chiqarilishini oldi olinmoqda.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika
ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi axborot xizmati